“Tolibon” harakati import qilingan 1680 ta qutidagi yog‘ni sifatsizligi sabab O‘zbekistonga qaytarib yuborganini ma’lum qildi.
Bu haqda Afg‘oniston Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tegishli chora Balx viloyati Milliy oziq-ovqat va ziravorlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.
Ular Hayraton portidan talab qilinadigan standartlarga javob bermagan 1680 ta qutidagi 5 litrli yog‘larni O‘zbekistonga qaytarib yuborgan.