“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi lyuks avtomobili yonida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu Ferrari Purosangue'ning so‘nggi versiyasini sotib olgan. Mashinaning narxi 508 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ronaldu shuningdek, Bugatti Chiron, Bugatti Veyron Grand, Ferrari Monza va McLaren Senna avtomobillariga ega.
Dekabr oyida Ronaldu onasi Doloresh Aveyruga tug‘ilgan kuni uchun nemis avtobrendining Porsche Cayenne avtomobilini sovg‘a qilgan edi. Bunday mashinaning narxi, konfigurasiyaga qarab, 72 ming yevrodan 90 ming yevrogacha o‘zgarib turadi.
Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.