Avtomashinani sotishda er yoki xotinning rozilik arizasi ham onlayn tarzda notarial rasmiylashtirilishi mumkin.
Ushbu ariza rozilik beruvchi er yoki xotin tomonidan “E-notarius.uz” axborot portali orqali rasmiylashtiriladi. Bunda murojaat qilish uchun istalgan notarius tanlanishi mumkin.
Agar er yoki xotinning rozilik arizasi notarial tasdiqlangan bo‘lsa, u avtomashinani oldi-sotdi shartnomasini onlayn tarzda rasmiylashtirish jarayoniga avtomatik ravishda biriktiriladi.
Ilgari faqat propiska qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishiga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarini elektron rasmiylashtirish imkoni bor edi.