Yaponiyaning SLIM moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Modul sentyabr oyida ishga tushirilgan. U aniq qo‘nish uchun maxsus texnologiyadan foydalanadi, shuning uchun unga "Oy mergani" laqabini berishgan.
SLIM qo‘nishi uchun siljiydigan joy tanlangan, bu toshlar bilan qoplangan qiyalik sirtdir. Modulning vazifalari bunday toshlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bu Oyning kelib chiqishiga oydinlik kiritadi.
Bungacha Oyga faqat to‘rtta davlat o‘z qurilmalarini muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan: Sobiq Sovet Ittifoqi, AQSH, Xitoy, Hindiston. Yaponiya bunday davlatlarning beshinchisi bo‘ldi.