Vengriya bosh vaziri Viktor Orban migrantlarni qabul qilishga keskin qarshi chiqdi.
"Vengriya hech qanday holatda ham migrantlarni o‘z hududiga kirishiga ruxsat bermaydi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Serbiyaning Politika gazetasi.
Orbanning qayd etishicha, Vengriya Yevropa Ittifoqining boshqa qator mamlakatlarida sodir bo‘lgan voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga, u migrasiya terror tahdidlari, jinoyatchilik va parallel jamiyatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI Vengriyani migrasiya masalasida "shantaj" qila olmaydi, chunki bu masala puldan muhimroq.