DataLife Engine / Toshkentda jinoiy guruhning ikki a’zosi ushlandi

Toshkentda jinoiy guruhning ikki a’zosi ushlandi

Toshkent shahar IIBB juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumonlanayotgan jinoiy guruh a’zolari haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981 yilda tug‘ilgan Rovshan Badalbayev (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) qidirilmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.
21-01-2024, 19:07
Вернуться назад