Bugun Norin tuman “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatida "2024 yil bahorgi ipak qurti boqish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni parvarishlashda yangicha innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada Norin tajribasini targ‘ib qilish" mavzuida viloyat ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova boshchiligidagi ishchi guruhi aʼzolari, viloyatdagi masʼul tashkilotlar rahbarlari hamda ipak qurti boquvchi masʼullar ishtirok etdilar. Seminarda dastlab hududda «Yashil makon» loyihasi doirasida yig‘ilganlar ishtirokida 1000 tupdan ziyod tut ko‘chatlari ekildi.