2024 yilning aprel oyida Yer aholisi 12P/Ponsa-Bruksa kometasini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur osmon jismini 1812 yil 12 iyulda fransuz astronomi Jan-Lui Pons Marsel rasadxonasida kashf etgan. Olim uni dumsiz, zo‘rg‘a ko‘rinadigan kichik tumanlik deb ta’riflagan. 1883 yilda kometa amerikalik astronom Uilyam Bruks tomonidan qayta kashf qilingan, shuning uchun u Ponsa-Bruksa deb nomlandi.
Kometaning Quyosh atrofida aylanishi taxminan 70 yilni tashkil etadi va oxirgi marta uni 1954 yilda ko‘rish imkoniyati yuzaga kelgan.
21 aprel kuni kometa Quyoshga eng yaqin masofada yaqinlashadi va undan 116,8 million kilometr uzoqlikda bo‘ladi.
Astronomlarning fikricha, 12R/Ponsa-Bruksa shu yilning iyun oyida Yerga eng yaqin masofada yaqinlashadi. 2 iyun kuni kometa Yer yonidan 232 million kilometr masofada uchib o‘tadi, deb xabar beradi aif.ru.