DataLife Engine / "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari eʼlon qilindi. 

Tanlov yakunlariga Norin tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 1-o‘rin 1-umumtaʼlim maktab jamoasi 100 mln so‘m, 2-o‘rin  43-sonli umumtaʼlim maktab jamoasi 75 mln so‘m, 3-o‘rin 4-sonli  umumtaʼlim maktab jamoasi 50 mln so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘oliblikni qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shgan ustozlarga, maktab o‘quvchilari hamda ularning ota-onalariga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbariyati o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

Aytish joizki, 1 - o‘rinni egallagan maktab jamoalari tanlovning viloyat bosqichida qatnashish  imkoniyatiga ega bo‘ldi.
15-04-2025, 14:56
Вернуться назад