DataLife Engine / Norin tumanida “Milliy libos, millat ko‘rki” mavzusida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Norin tumanida “Milliy libos, millat ko‘rki” mavzusida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Norin tumani maktabgacha va maktab bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida hamda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  “Milliy libos, millat ko‘rki” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda milliy kiyimlar har bir xalqning tarixi, madaniyati va anʼanalarini o‘zida aks ettirishi taʼkidlandi. Shuningdek, milliy liboslarni nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotda ham kiyish muhim ekani qayd etildi.

Tadbir yoshlarda milliy kiyimlarga qiziqishni oshirib, ularni anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Milliy libos – millat shaʼni, uni asrab-avaylash esa har bir fuqaroning burchidir!
15-04-2025, 15:00
Вернуться назад