DataLife Engine / So‘ramay dovuchcha uzgan bolalarni qo‘rqitgan erkakka chora ko‘riladi

So‘ramay dovuchcha uzgan bolalarni qo‘rqitgan erkakka chora ko‘riladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘bonning bog‘idan dovuchcha uzgan 5 nafar bolani qo‘rqitib, tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani bir erkak bog‘idan dovuchcha uzib olgan 5 nafar bolaga tahdid qilayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

“Bu kabi harakatlar bolalarga nisbatan nafaqat ruhiy zo‘ravonlik va tahdid, balki ularning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz sifatida baholanadi hamda ruhiy-emosional sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bunday noqonuniy xatti-harakatlar uchun belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishi shartligi ta’kidlandi.
15-04-2025, 15:08
Вернуться назад