Rossiya Federasiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turniri boshlanyapti.
Musobaqaning dastlabki kuni doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi bahslarga kirishadi. Ular orasida -54 k vazn toifasida ringga chiqadigan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov ham bor. U Markaziy Osiyo derbisida tojikistonlik Hasan Salohiddinovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Tong Hioang (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Miao Hi (Xitoy)
-60 kg: Rashida Tagirova - Mao Ding (Xitoy)
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Hasan Salohiddinov (Tojikiston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Ruslan Popov (Ozarbayjon)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Melki Salim (Tunis)
-71 kg: Asilbek Abdurahmonov - Shahobjon Shukurov (Tojikiston)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 11:30 da start oladi.