DataLife Engine / Norin tuman hokimi tuman tijorat banklari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Norin tuman hokimi tuman tijorat banklari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Norin tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov tomonidan Agrobank Norin tuman filialida tuman tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar va eksportyor korxona rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan huquqiy va amaliy yordamlar, iqtisodiy barqarorlikka erishishda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilayotgan bank kreditlari, ularni undirish va  biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlarning bank xizmati bilan bog‘liq turli masalalardagi taklif va tashabbuslari, murojaatlari tinglandi hamda bank rahbarlari va mutasaddi tashkilotlarga muammoli kreditlarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi.
15-04-2025, 15:49
Вернуться назад