Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish — barchamizning muqaddas burchimiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanar ekan, ushbu sana Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va masʼuliyat tuyg‘ularini yosh avlod qalbiga singdirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Norin tuman 11-maktabining “Jasorat” sinfi o‘quvchilari uchun ham qator maʼnaviy-maʼrifiy, sport va tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlarning bosh maqsadi — yoshlarni ilmli, jismonan sog‘lom, maʼnaviy yetuk, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan barkamol shaxslar qilib tarbiyalashdir. Zero, ertangi kunning taraqqiyoti bugungi yoshlarning dunyoqarashi va faol pozitsiyasiga chambarchas bog‘liqdir.

Shu munosabat bilan o‘quvchilar Norin tuman ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular ichki ishlar xodimlarining kundalik faoliyati, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni turli salbiy oqimlardan himoya qilish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xodimlar tomonidan o‘quvchilarga huquqiy madaniyat, qonunlarga rioya qilishning ahamiyati va tinchlikning qadr-qimmati haqida tushunarli hamda qiziqarli tarzda maʼlumotlar berildi.

O‘quvchilar, shuningdek, bo‘limdagi texnik vositalar, zamonaviy axborot tizimlari, patrul xizmati faoliyati va xizmat jarayonida qo‘llaniladigan jihozlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularda huquq-tartibot idoralari mehnatiga nisbatan hurmat, masʼuliyat va qiziqish uyg‘otdi. Tashrif davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, xodimlar esa ularga hayotiy tajribalaridan kelib chiqib foydali maslahatlar taqdim etdilar.

Bunday tadbirlar nafaqat o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, balki ularda davlat organlariga ishonch, jamiyatning tinchligi uchun masʼuliyat tuyg‘usini yana-da mustahkamlaydi. Eng asosiysi, yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat, qatʼiyat va qonuniylik ruhida kamol topishga undaydi.

Norin tumani Maktabgacha va maktab
Norin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablarida bugun 2025 yil
2-umumta'lim maktabida
2-umumta'lim maktabida 2025 yil 10-noyabr kuni 9-"A" sinfda MMBIDO' rahbari G.Razumovna tomonidan
Norinda Ichki ishlar organlari
25 oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Norin tuman hokimligi tashabbusi bilan IIB
Yosh avlod qalbida milliyni
Norin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlod
"Maʼrifat - ekstremizmga
Bugun Norin tumanidagi 44-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni

Нет комментариев.

Добавить комментарий
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
или
регистрация Я забыл свой пароль
Saytimizni baholang
Yilnoma