Turan xalqaro universitetida Asosiy fan olimpiadasining III - viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 9, 10, 11 sinf o‘quvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
1, 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘g‘il-qizlarga (1-o‘rin uchun 2 mln. 472 ming so‘m, 2-o‘rin uchun 1 mln. 648 ming so‘m, 3-o‘rin uchun 1 mln. 236 ming so‘m) pul mukofotlari hamda diplom bilan mukofotlandi.
Shuningdek, tumanimizdan ishtirok etgan 3 nafar hakamlarga 13-sonli umumtaʼlim maktab “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchisi Obidjonov Omadbek Abdujalil o‘g‘li, 34-sonli umumtaʼlim maktab rus-tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zokirova Gulbahor G‘ulomjonovna, 41-sonli umumtaʼlim maktab kimyo fani o‘qituvchisi Solijonov Abdulaziz Dilmurod o‘g‘illariga vazirlikning (1 mln. 677 ming so‘m) pul mukofoti hamda tashakkurnomalari topshirildi.
Нет комментариев.