1 apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgarishini bilasizmi?

1 apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgarishini bilasizmi?
Joriy yil 1 apreldan qonunchilikda qator o‘zgarishlar kutilmoqda. Xususan,

-Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

-Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanish tariflari o‘zgaradi.

-25 yildan oshiq pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.

-Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi.

-Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 barovari miqdorida belgilanadi.

-Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi 60 kilometrgacha tushirildi.

-Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yo‘lga qo‘yishga ruhsat etiladi.

-Lisey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

-Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi.

-Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilari tomonidan to‘lagan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

-Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar berishda «my.vetgov.uz» saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив