"Microsoft" Print Screen tugmachasini qaychi ilovasi bilan almashtiradi

"Microsoft" Print Screen tugmachasini qaychi ilovasi bilan almashtiradi
Endi "Windows 11"da, skrinshot olish va rasmni "clipboard"ga joylashtirish o‘rniga, "Print Screen" tugmachasini bosish "Snipping Tool" ilovasini ("qaychi") ochadi. Unda siz skrinshotni kerakli hajmga qisqartirishingiz va boshqa narsalar qatori "clipboard"ga saqlashingiz mumkin.

Ushbu usul standart skrinshotlarni yaratishga qaraganda ancha qulayroq va "Windows" foydalanuvchilari orasida mashhurdir.

Aytgancha, bunday funksiya "Windows 10"da paydo bo‘ldi, uni sozlamalarda faollashtirish mumkin. "Windows 11"da u standart xususiyatga aylanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив