Norin tumanining 1-sektor hududida DXX raisi kubogi musobaqalariga start berildi

Norin tumanining 1-sektor hududida DXX raisi kubogi musobaqalariga start berildi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha anʼanaviy DXX ning kubogi start olganini eʼlon qilinada.

Yoshlar – qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi O‘zbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.

Bugun Norin tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman sport maktabi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalariga start berildi.

Eʼtiborlisi,bu yil mini-futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkaziladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив