Tokio va NATO hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda
Bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi aytib o‘tgan va shu bilan o‘tgan haftada yapon OAVlari tarqatgan ma’lumotni tasdiqlagan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada mojaro boshlanganidan keyin «dunyoda barqarorlik pasaygan». Sharqiy Yevropada sodir bo‘layotgan voqealar Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatga ta’sir qiladi, shuning uchun Sharqiy Osiyo va NATO o‘rtasidagi hamkorlik «borgan sari muhimroq bo‘lib bormoqda», dedi Xayasi.
Avvalroq Nikkei Yaponiyada NATO vakolatxonasining ochilishi alyans hamkorlari bilan xavfsizlik, geosiyosiy masalalar, yangi texnologiyalar va kibertahdidlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga ham imkon berishini ta’kidlagan edi.