“Starlink” yoxud Maskning sun’iy yo‘ldoshlari
Jahon matbuotida amerikalik mashhur tadbirkor Ilon Maskning “Starlink” kompaniyasi navbatdagi sun’iy yo‘ldoshlarini koinotga chiqardi, degan xabarlarni tez-tez o‘qiymiz. Ehtimol bu boradagi har qanday yangilikdan xabardor emasdirmiz, lekin aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Mask o‘zining “SpaceX” kosmik kemasi orqali shunday sun’iy yo‘ldoshlarning 4 mingtasini allaqachon koinotga olib chiqqan. Yana 40 ming sun’iy yo‘ldosh koinot uzra sayohatga jo‘natilishini kutib turibdi.
Sun’iy yo‘ldosh uchirishdan maqsad dunyoni tez va ishonchli internet aloqasi bilan ta’minlash ekani aytib kelinadi. Kompaniya mijozlarga ulanish uchun qulay terminal va turli tariflar taklif etmoqda. Shunga qaramay, loyiha bilan bog‘liq ko‘plab muammolar hali hal qilinmagan. Masalan, sun’iy yo‘ldoshning boshqa ob’ekt bilan to‘qnashib ketish xavfidan tortib, astronomik kuzatuvga salbiy ta’sir etishi mumkinligigacha.
Ilon rejasiga ko‘ra, “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlari, hatto, zaminimizning eng uzoq va ovloq joyini ham, ya’ni, butun Yer yuzini yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olishi kerak. Sun’iy yo‘ldosh internetining asosiy afzalligi shundaki, sun’iy yo‘ldosh signalini qabul qiluvchi apparat mavjud bo‘lgan joyda simli yoki simsiz ulanish mahalliy tarmoqqa bog‘liq emas. Axir, bunday xizmat taxminan 35 000 kilometr balandlikda aylanib yuradigan individual geostasionar sun’iy yo‘ldosh tomonidan taqdim etiladi-da.
Minglab “Starlink” yo‘ldoshidan iborat yulduzlar turkumi Yerga ancha yaqin, taxminan 550 kilometrlik orbitada aylanadi va butun yer sharini qamrab oladi. Har bir sun’iy yo‘ldosh past orbitada bo‘lgani sababli, ma’lumot uzatilishi kechikishi kamroq sodir bo‘ladi.
“Starlink” “o‘lik zona"da ham mobil aloqani ta’minlay oladi.
Ilon Mask koinotda 700 sun’iy yo‘ldoshdan iborat yulduzlar turkumini joylashtirish g‘oyasini 2014 yil muhokama qilgan bo‘lsa-da, “Starlink” birinchi marta 2015 yil rasman e’lon qilingan. “SpaceX” 4 mingga yaqin yo‘ldoshni past Yer orbitasiga joylashtirish uchun xalqaro muvofiqlashtiruvchilarga hujjat topshirdi.
Kompaniya “TinTin-A” va “TinTin-B” loyihasining dastlabki ikki sinov kemasini 2018 yil fevral oyida ishga tushirdi. 2019 yil 23 may kuni “SpaceX Falcon- 9” raketasida ilk 60 ta “Starlink” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga olib chiqildi. Hozir yo‘ldoshlar 550 kilometr balandlikda muvaffaqiyatli kezib yuribdi.
O‘shanda Mask 400 ta qurilma uchirilishi internetga keng yo‘lakli ulanishni boshlash imkonini berishini aytgan edi. 2020 yil oxirigacha “SpaceX Falcon” raketasi yordamida Yer orbitasiga 900 dan ortiq yo‘ldosh yuborilgan. Shu bilan birga “Starlink” internet xizmatining beta-versiyasi ham mavjud. Beta-testerlar 150 Mbit/s tezlikni ko‘rsatdi, bu umumiy beta-test uchun e’lon qilingan diapazondan yuqori edi.
“Starlink”dan tijorat maqsadida foydalanish 2021 yil boshlangan. Boshida “Starlink” AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada xizmatning beta-sinoviga kirish uchun 10 mingga yaqin foydalanuvchiga ega edi. 2022 yil oxiriga kelib, “SpaceX” sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan taqdim etilgan faol internet obunachilari soni 1 million kishiga yetdi. 2023 yil holatiga ko‘ra, kompaniya 4 ming 300 dan ziyod apparatini koinotga jo‘natdi. Shunga qaramay, oldinda ish ko‘pligi aytilmoqda. Jamoa 12 ming yo‘ldoshni koinotga joylashtirish uchun AQSh Aloqa komissiyasidan ruxsat olgan. Bu hali boshlanishi, tadbirkor yana 30 ming sun’iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqish uchun ariza topshirgan.
“SpaceX” hali yangi-yangi sun’iy yo‘ldoshlar uchirishi kerak, chunki qurilma kam bo‘lsa, ko‘p odam ulana olmasligi tabiiy, tezlik pasayib ketadi. Masalan, 2022 yil AQShda o‘rtacha yuklab olish tezligi allaqachon pasaygan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, “SpaceX” loyihasini kompaniya global ta’sirga erishish yo‘lidagi harakatlardan biri sifatida ham ko‘rish mumkin. Zero, “Starlink”ni nafaqat yuqori tezlikdagi internet uchun, balki geodeziya, meteorologiya, kartografiya sohalarida qo‘llasa bo‘ladi. Qolaversa, “Starlink” aloqa vositasidan harbiy maqsadda foydalanish istiqboli ham allaqachon ko‘rib chiqilmoqda. Yuqorida “Starlink” internet qamrovi Yer yuzining barcha qismini qamrab oladi, deyildi. Binobarin, sun’iy yo‘ldosh qamrovi xaritasi hozircha Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron kabi ba’zi davlatlarni chetlab o‘tadi.
“Starlink”ga ulanish uchun foydalanuvchida terminali diametri taxminan 54 sm va og‘irligi 5 kilogramm kichik oq plastinka bo‘lishi kerak. Bino tomiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bu moslama sun’iy yo‘ldoshdan ma’lumotni qabul qilish va uzatish vazifasini bajaradi. To‘plam Internetga ulanish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa, jumladan Wi-Fi-router, quvvat manbai, kabel va tayanchdan iborat.
Terminalni o‘rnatish oson va har qanday ob-havoda sun’iy yo‘ldosh signalini ushlaydi. Antenna osmonga qaratiladi. “Starlink” sun’iy yo‘ldoshi tepadan o‘tib ketganda, antenna bilan aloqa qiladi va Internetga kirish uchun foydalanuvchi routeriga signal uzatadi. Antenna tez harakatlanayotgan bo‘lsa ham sun’iy yo‘ldoshni kuzatish va aloqada bo‘lish uchun bosqichli massiv texnologiyasidan foydalanadi. Aytgancha, osmon bo‘ylab uchayotgan “Starlink” qurilmasi chiroq "poyezdi"ga o‘xshaydi.
Terminal ob-havoni avtomatik ravishda kuzatib boradi va atmosferadagi har qanday o‘zgarishni hisobga olgan holda aloqa faoliyatini optimallashtiradi.
Dizayn qulayligi va o‘rnatish osonligi tufayli foydalanuvchi tizimni uyida o‘tirib o‘rnatishi mumkin.