Afg‘onistonda go‘zallik salonlarining barchasi yopildi

Afg‘onistonda go‘zallik salonlarining barchasi yopildi
“Tolibon” hukumati Afg‘onistondagi go‘zallik salonlarining barchasi yopilganini e’lon qildi. Bu haqda Euronewsga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Avvalroq salonlar egalariga ularni yopish uchun bir oy muddat berilgandi.

“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarga qarshi kurashish vazirligi go‘zallik salonlarining yopilishi sababini izohlab, ular uchun behuda pul sarflanayotgani, shuningdek, soch ko‘chirib o‘tkazish va qosh terish kabilar shariatga zid ekanini ta’kidlagan.

Mutaxassislarning fikricha, salonlarning yopilishi mamlakatda 60 ming ish o‘rni yo‘qolishiga olib keladi va Afg‘oniston iqtisodiyotiga qattiq zarba beradi.

Kosmetika sektori afg‘on ayollarining ishlashiga ruxsat berilgan oxirgi sohalardan biri edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив