O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 ta yetdi

O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 ta yetdi
2023-yilning birinchi yarim yili davomida "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot sharq", "Panorama Airways" va "Humo Air" aviakompaniyalariga qo‘shimcha ravishda "Centrum air", "Silk avia", "Asia Union Airlines" va "Tashkent Air" aviakompaniyalari tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi.

2023-yil o‘tgan 6 oyi davomida yurtimizga "Uzbekistan Airways" AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar tomonidan 17 ta havo kemalari olib kelindi.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot sharq", "Centrum air", "Silk avia" hamda "Humo Air" aviakompaniyalari tomonidan mahalliy yo‘nalishlarida haftasiga 93 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив