Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,9 % ga oshgan

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,9 % ga oshgan
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 14,4 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,9 % ga oshgan.

2023 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 858 tani tashkil etgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi:

— Telekommunikasiya xizmatlari – 57,8 %
— Kompyuterda dasturlashtirish bo‘yicha xizmatlar – 21,3 %
— Axborot xizmatlari – 11,1 %
— Boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 9,8 %
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив