Yurtimizda nuroniylar bepul sog‘lomlashtiriladi
Joriy yil 1 avgustdan 1 sentyabrgacha yurtimizda “Keksalar salomatligi oyligi” tashkil etiladi.
Bu davrda mamlakatimizdagi nuroniy otaxon va onaxonlar malakali shifokorlar tomonidan o‘zlari istiqomat qilayotgan hududda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘tkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan katta yoshli bemorlardan bir guruhi birlamchi bo‘g‘indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, stasionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi.
Ma'lumot uchun, yurtimizda 55 yoshdan oshgan 3 million 200 ming nafarga yaqin pensiya yoshidagi nuroniy yurtdoshlarimiz umrguzaronlik qilmoqda.