2023 yilning iyul oyi rasman tarixdagi eng issiq oy sifatida tan olindi
Olimlar 2023 yilning iyulini Yer yuzidagi eng issiq oy deb e’lon qilishdi. U avvalgi harorat rekordini katta farq bilan ortda qoldirdi.
Yozning ikkinchi oyida o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha 16,95 darajani tashkil etdi. Bu 2019 yilda qayd etilgan avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan 0,3 darajaga yuqori.
Iyul oyida AQShning janubi-g‘arbiy qismida, Meksikada, shuningdek, Yevropa va Osiyoning bir qancha mamlakatlarida g‘ayritabiiy yuqori harorat kuzatildi. Mazkur oyning 2 sanasidan boshlab harorat rekordlari qayd etila boshladi. Klimatologlar bu oy rekord darajadagi eng issiq oy bo‘lishi mumkinligini oldindan taxmin qilishdi va avgust oyi boshida o‘tkazilgan hisob-kitoblar buni tasdiqladi.
2023 yil iyul oyi sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan o‘rtacha 1,5 darajaga, 1991-2020 yillarga nisbatan esa 0,7 darajaga issiq bo‘lgan, deb xabar beradi mir24.tv.