Prezident ertaga Vengriyaga boradi

Prezident ertaga Vengriyaga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yilning 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyurishi mo‘ljallangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив