Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha futbol tarixidagi yagona insonga aylandi

Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha futbol tarixidagi yagona insonga aylandi
Liga kubogi final uchrashuvida argentinalik hujumchi Lionel Messi to‘p tepayotgan «Inter Mayami» «Neshvill» bilan to‘qnash keldi.

Florida jamoasi yakunda g‘alabani nishonladi (1:1, 10:9 - penaltilar bo‘yicha) va kubok sohibiga aylandi. «Inter Mayami» uchun o‘yindagi yagona gol Leo tomonidan kiritildi.

Argentinalik yulduz uchun bu unvon uning faoliyatidagi 44-si bo‘ldi.

Shu tufayli Messi futbol tarixidagi eng titulli futbolchilar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u braziliyalik Dani Alvesni (43) ortda qoldirdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив