Rossiyaning Qozog‘istondagi konsuli o‘z lavozimidan chetlatildi

Rossiyaning Qozog‘istondagi konsuli o‘z lavozimidan chetlatildi
Rossiyaning Qozog‘istondagi konsuli mamlakatda rus tilida so‘zlashuvchilarga nisbatan tazyiqlar bo‘layotgani to‘g‘risidagi ayblovlari uchun o‘z lavozimidan chetlatildi.

Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

"Ehtimol, bu odam bizda mavjud bo‘lgan vaziyatdan bexabar. Menda Xalq ta’limi vazirligining qaysi maktablar qaysi tilda o‘qitilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlari bor. 7711 ta davlat maktabining 3957 tasida faqat qozoq, 1203 tasida rus, 2551 ta maktabda esa qozoq va rus tillarida ta’lim beriladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha maktablarda faqat qozoq tilida ta’lim berishga to‘liq o‘tish rejalashtirilmagan. Bugun fuqaro o‘z farzandiga qaysi tilda ta’lim berilishini tanlash huquqiga ega", — deb ta’kidladi Smadiyarov.

Shu bilan birga, Qozog‘iston TIV vakili jurnalistlar tomonidan Rossiya konsuli Yevgeniy Bobrov o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdimi yoki boshqarma talabiga ko‘ra faoliyatini yakunladimi, deya berilgan savolga aniqlik kiritmadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив