Braziliya prezidenti Putinni hibsga olishdan bosh tortdi

Braziliya prezidenti Putinni hibsga olishdan bosh tortdi
Braziliya prezidenti Luis Lula da Silva rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni kelasi yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishida ishtirok etsa, hibsga olmasligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Siyosatchi Dehlidagi G20 yig‘ilishi chog‘ida bergan intervyusida tegishli fikrni ilgari surgan. U Rossiya prezidenti 2024 yilgi tadbirga taklif qilinishini aytgan.

“Putinning Braziliyaga bemalol kelishiga ishonaman. Sizga shuni aytishim mumkinki, agar men Braziliya prezidenti bo‘lsam va u Braziliyaga kelsa, hech qanday holatda hibsga olinmaydi”, — dedi Lula.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив