Madagaskar Prezidenti iste’foga chiqdi

Madagaskar Prezidenti iste’foga chiqdi
Madagaskar Respublikasi prezidenti Andriy Rajoyelina 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida rasman tasdiqlanganidan keyin iste’foga chiqdi.

Bu haqda mamlakat Konstitusiyaviy sudi ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.

Madagaskar konstitusiyasiga ko‘ra, prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan amaldagi davlat rahbari avvalo iste’foga chiqishi kerak.

Oliy Konstitusiyaviy sud bayonotida aytilishicha, Andri Rajoyelina shanba kuni nomzodi tasdiqlanganidan keyin sudga iste’foga chiqish haqida ariza bergan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив