«Real Madrid»ning to‘rt nafar futbolchisi hibsga olindi
«Real Madrid»ning o‘rinbosarlar jamoasidagi to‘rt nafar futbolchi shahvoniy xarakterdagi videoni tarqatganlikda gumonlanib, hibsga olindi, deb xabar beradi «Real Madrid» matbuot xizmati.
«Real C»ning uchta futbolchisi va «Kastilya»ning bir a’zosi hibsga olingan. Ular messenjer orqali shaxsiy videoni tarqatishda gumon qilinmoqda.
Cadena SER xabariga ko‘ra, barcha futbolchilar ko‘rsatmadan so‘ng allaqachon qo‘yib yuborilgan. Qayd etilishicha, videoga tushib qolgan qiz bu vedeoyozuvni tarqatishga rozi bo‘lmagan.