Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi

Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi.

Ushbu chempionatda dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurashda 415 kg natija qayd etgan Jo‘rayev 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Ruslan Nuriddinov esa siltab ko‘tarishda 226 kg hamda umumiy hisobda 407 kg bilan mazkur dasturlarda kumush medalga egalik qildi. Bronza medali 403 (180+223) kg natija ko‘rsatgan ozarbayjonlik Dadash Dadashbayliga nasib etgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив