“Binance” Rossiyani tark etadi

“Binance” Rossiyani tark etadi
“Binance” kriptobirjasi mamlakatdagi biznesini “CommEX” markazlashtirilgan kripto almashinuvchisiga sotish bo‘yicha shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

“Biz kelajakka nazar tashlar ekanmiz, Rossiyada ishlash “Binance"ning muvofiqlik strategiyasiga mos kelmasligini tan olamiz. Biz “Veb3” sanoatining global miqyosda uzoq muddatli o‘sishiga ishonchimiz komil va o‘z kuchimizni o‘zimiz faoliyat yuritayotgan yuzdan ortiq mamlakatlarda “Binance"ni rivojlantirishga qaratamiz”, — dedi “Binance” kompaniyasining muvofiqlik bo‘yicha bosh direktori Noy Perlman.

Kompaniya bitim miqdorini oshkor qilmagan, ammo kelishuv doirasida u mamlakatdagi faoliyatini butunlay to‘xtatishini va o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olmasligini ma’lum qilgan.

Qayt etilishicha, kriptovalyuta birjasi bir necha oy ichida qolgan birja xizmatlarini va boshqa biznes sohalarini yopib qo‘yadi va o‘tish davrida foydalanuvchilar bilan uzluksiz muloqotda bo‘ladi.

Mavjud foydalanuvchilar va ularning aktivlarini “CommEX” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish bir yilgacha davom etishi ta’kidlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив