Norin tumanida yo‘l sohasida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ma'lumot berildi

Norin tumanida yo‘l sohasida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ma'lumot berildi
Norin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i M.Temirov Xalq deputatlari Norin tuman Kengashiga joriy yilning 9 oyi davomida yo‘l sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti taqdim etildi. 

Yo‘l qurilish bo‘yicha tumanda 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida davlat axamiyatidagi avtomobil yo‘llarida 32 km joriy taьmirlash (mavjud chuqurchalarni yamash), maxalliy axamiyatdagi avtomobil yo‘llarida 35 km joriy taьmirlash (mavjud chuqurchalarni yamash) ishlari bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabirdagi PQ-408 sonli qaroriga asosan tumanda jami 10 ta MFY hududlarida 21.493 km ichki xo‘jalik yo‘llarini taьmirlash ishlari bajarilib shundan asfaltlash 19.262 km, syementlash 1.911 km, 0.320 km shag‘allash ishlari bajarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 noyabirdagi 670 sonli qaroriga asosan tumanda jami 26 ta MFY xududlarida 33.4 km ichki xo‘jalik yo‘llarini taьmirlash ishlari bajarilib shundan asfaltlash 3 km, 30.4 km shag‘allash ishlari bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346- fm-son farmoyishi ijrosi yuzasidan Halq deputatlari Namangan viloyati kengashining 2023 yil 21-iyundagi VI-39-63-6-0–K/23-son qaroriga asosan tumanda jami 6 ta MFY hududlarida 9.7 km ichki xo‘jalik yo‘llarini asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, xozirgi kunga qadar 6 ta MFY xududida 9,7 km asfaltlash ishlari yakunlandi.

Tumanda xashar yo‘li bilan 6 ta MFY da 4.2 km shag‘allash,0.82 km shebenlash ishlari bajarilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив