Andijonda obodonlashtirish ishlari endi xususiylashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev raisigida 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda obodonlashtirish xizmatini xususiy sektorga berish taklif qilingandi.
Andijon viloyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatda obodonlashtirish ishlari endi davlat xususiy sherikchilik asosida yuritiladi. Prezident topshiriqlariga asosan Andijon viloyatida “Obodonlashtirish boshqarmasi” faoliyati davlat-xususiy sherikchiligi yo‘nalishiga o‘tkaziladi.
Andijon viloyati hokimi mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatma berib o‘tgan. Ko‘ngilli tadbirkorlar o‘z takliflari yuzasidan shahar va tuman hokimliklariga murojaat qilishlari mumkinligi qayd etilgan.
Prezident raisigida 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda daraxtlar va yashil hududlarni parvarish qilishni yaxshilash maqsadida obodonlashtirish bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada hozirda shahar va tumanlardagi obodonlashtirish xizmatini xususiy sektorga berish, har bir ko‘chani daraxtlari bilan alohida-alohida lot qilib, bir yillik mablag‘i bilan ochiq tanlovga qo‘yish taklifi o‘rganilmoqda.