G‘azoda halok bo‘lganlar soni 2,6 mingdan oshdi
G‘azo sektori aholisi o‘rtasida Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi natijasida halok bo‘lganlar soni 2,6 mingdan oshdi. Bu haqda Falastinning Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Russia Today xabar bermoqda.
"Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan tajovuzi natijasida 2670 kishi halok bo‘ldi va 9600 kishi yaralandi", deyiladi xabarda.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroilning HAMAS harakatiga qarshi olib borilayotgan urushi halokatli bo'lishini va vaziyatni abadiy o'zgartirishini aytgan edi.
Uning so'zlariga ko'ra, Isroil armiyasi XAMAS harakati jangarilari butunlay yo'q qilinmaguncha harbiy operatsiya o'tkazadi.