40 yoshdan oshgan odamlar uchun ideal uyqu miqdori qanday?

40 yoshdan oshgan odamlar uchun ideal uyqu miqdori qanday?
Yaxshi uxlash hayotning barcha bosqichlarida muhim, albatta. Ammo 40 yoshdan oshgandan keyin uyquning me’yorida bo‘lishi miya faoliyati, ruhiy salomatlik uchun katta ahamiyatga ega.

Amerikaning «Webmd» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 500 mingga yaqin britaniyaliklarning uyqu rejimi va ruhiy holati tahlil qilinganida, tadqiqotchilar o‘rta va undan katta yoshdagilar uchun ideal uyqu miqdori 7 soat degan xulosaga kelishgan.

Chunki juda kam va ko‘p uxlagan insonlarda test natijalari yaxshi chiqmagan. Ya’ni ularda xotira, diqqatni jamlash, miya faolligida past ko‘rsatkichlar qayd qilingan. Aytish mumkinki, yosh o‘tgan sari juda ko‘p yoki juda kam uyqu aqliy zaiflashuv uchun xavf omili bo‘lishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив