Neymar Parijda muvaffaqiyatli operasiya qilindi
Neymar chap oyog‘ida operasiya qilindi va olti oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.
Hujumchi JCH-2026 saralashida Urugvayga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan edi. Unga oldingi xochsimon bog‘lamning shikastlanishi, shuningdek, menisk yirtilgani tashxisi qo‘yilgan.
Neymarning operasiyasini Braziliya terma jamoasi va “Atletiko Mineyro” jamoasi jarrohi doktor Rodrigo Lasmar amalga oshirdi. Qayta tiklanish shartlari aniqlanmagan, biroq Braziliya futbol konfederasiyasi “Al-Hilol” hujumchisi 20 iyun kuni start oladigan Amerika kubogiga qaytishi mumkin deb hisoblamoqda, deb xabar beradi ESPN.
Avvalroq braziliyalik futbolchi 10 oyga safdan chiqqani xabar qilingandi.