Luis Dias gol urib, otasini o‘g‘irlaganlarga murojaat qildi

Luis Dias gol urib, otasini o‘g‘irlaganlarga murojaat qildi
"Liverpul"ning kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias qo‘shib berilgan vaqtning beshinchi daqiqasida gol urib, jamoasini "Luton"ga qarshi APL doirasidagi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shundan so‘ng u o‘g‘irlab ketilgan otasini qo‘yib yuborish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Hujumchi o‘zining futbolkasini ko‘tardi, uning ostida "Otamni ozod et" degan yozuv bor edi.

Luis Diasning ota-onasi 29 oktyabr kuni Kolumbiyada yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘g‘irlab ketilgan. Keyinroq polisiya futbolchining onasini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Aksiya Milliy ozodlik armiyasi isyonchilari tomonidan amalga oshirilgan. Bir kun oldin jangarilar "barcha kolumbiyaliklar yaxshi ko‘radigan buyuk sportchining qarindoshini" ozod qilishga va’da berishdi.

26 yoshli Luis Dias 2022 yilning yanvarida "Liverpul"ga o‘tgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив