Benzema jamoasi murabbiysiz qoldi

Benzema jamoasi murabbiysiz qoldi
Nunu Eshpiritu Santu "Al-Ittihod" bosh murabbiyligidan chetlatildi.

Saudiya Arabistoni jamoasi Osiyo chempionlar ligasida Iroqning “Al-Quva” klubidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, "Al-Ittihod” Saudiya Arabistoni chempionatida qatorasiga beshta uchrashuvda g‘alaba qozona olmayapti va turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

O‘tgan mavsumda Nunu Eshpiritu Santu boshchiligidagi "Al-Ittihod" Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi.

Mavsum oralig‘ida jamoaga hujumchi Karim Benzema, shuningdek, yarim himoyachilar Ngolo Kante va Fabinyo qo‘shildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив