BMW Germaniyada ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

BMW Germaniyada ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
BMW Germaniyada ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Myunxendagi zavodda yig‘ilgan oxirgi dvigatel V8 bo‘ldi, deya xabar bermoqda “BMW Blog”.

Germaniyadagi zavod elektromobillar ishlab chiqarish uchun konvertasiya qilinib, “BBMW” korxonani qayta tashkil etish uchun 400 mln yevroga yaqin sarmoya kiritmoqda.

Myunxendagi ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan 1,2 ming zavod xodimlari qayta o‘qitiladi va ular boshqa lavozimlarga o‘tkaziladi.

“BMW” ikki mamlakatda ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni davom ettiradi. 4,4 litrli V8 va 6,6 litrli V12 Buyuk Britaniyada, kichikroq dvigatellari Avstriyada ishlab chiqarilishi davom etadi.

Myunxendagi zavod allaqachon I4 elektromobilini ishlab chiqarmoqda, I3 modeli ham shu yerda ishga tushiriladi.

2025-yildan boshlab Bavariya kompaniyasi “BMW” zavodlarining keyingi avlodini konveerga (Neye Klasse) qo‘yadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив