Rossiya bug‘doy eksportini taqiqladi

Rossiya bug‘doy eksportini taqiqladi
Rossiya Federasiyasida bug‘doy eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, u 2024 yil 31 maygacha amal qiladi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

"Rossiya mamlakatdan bug‘doy eksportiga vaqtinchalik cheklov kiritmoqda. Bu haqda buyruq imzolandi", deyiladi xabarda. Aniqlik kiritilishicha, vaqtinchalik cheklov “hukumat qarori e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va 2024 yil 31 maygacha amal qiladi”.

“Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlari bilan bog‘liq barqaror vaziyatni saqlashga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

Bug‘doyni YEOIIga a’zo mamlakatlar – Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga belgilangan kvotalar doirasida va Qishloq xo‘jaligi vazirligi ruxsati bilan eksport qilishga ruxsat etiladi.

Soha mutaxassislari eksportni vaqtincha yopish yirik eksportyorlar ishiga ta’sir qilmasligini tushuntirgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив