1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgardi?
1 yanvardan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar joriy etiladi.
Jumladan:
Jumladan:
- pensionerga hisoblangan, ammo o‘z vaqtidan olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi;
- ma’muriy sudlarda davlat boji ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra aybdor tarafdan undiriladi;
- bir necha shaharlarda yo‘lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi;
- garov bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi;
- pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi;
- ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi;
- maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikasiyalanadi;
- ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi;
- yangi ob’ektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
- uy sharoitida daraxt ko‘chatlarini yetishtirish o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi;
- mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi;
- ayrim poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi;
- professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi;
- maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi;
- kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi;
- ayrim tibbiy xizmatlar davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi;
- baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi;
- ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi;
- “Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi;
- kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.