Yurtimizda 1 yanvar kuni qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Yurtimizda 1 yanvar kuni qancha chaqaloq dunyoga keldi?
2024 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Ularning:
👦🏻 540 nafari o‘g‘il,
👧🏻 503 nafari qiz.


🎁 Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (160 nafar) qayd etildi.

🎊 Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
🔹Samarqand viloyati (127 nafar),
🔹Qashqadaryo viloyati (115 nafar),
🔹Namangan viloyati (105 nafar),
🔹Andijon viloyati (97 nafar) band etdi.

🎀 Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (11 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
🧸🧸 E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 12 nafari egizakdir.

🍼 
Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив