Norin tuman hokimining 2025-yil 18-sentyabrdagi 250-6-83-F/25 -sonli farmoishiga asosan Norin tumanida GESlar kaskadi qurilishi munosabati bilan 50V014 “Haqqulobod-sh” – “Sharxonchek-q” – “Toshloq-q” – “Sho‘rariq-q” – “Ibrat-q” avtomobil yo‘lining 15+16 km oralig‘ida transport vositalarining harakatini cheklanadi.
Ma'lumor uchun ushbu huduuda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 534-son qarorlariga asosan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida 23 MVt quvvatga teng “Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” doirasida Beshqo‘rg‘on KGES obyektining PK22+00 qismida yangi quvurli o‘tish inshooti
qurilishi bo'lib o'tmoqda.
Qurilish munosabati bilan Toshloq MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘li 2025-yil 18-sentyabr kunidan 2025-yil 1-dekabr kuniga qadar transport vositalari “Andijon kanali qirg‘oq hududi” yonidangi aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.
Нет комментариев.