Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligi lavozimi tark etadi. Bu haqda uning o‘zi mikroblogiga yozib qoldirdi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, u yangi bosh direktor topib bo‘lgan. Biznemen o‘z o‘rnini egallaydigan inson kimligini oshkor etmagan, biroq u ayol kishiligini ma’lum qildi. Yangi bosh direktor taxminan olti haftadan keyin ishga kirishadi.
Maskning o‘zi kompaniya direktorlar kengashi raisi va texnik direktor lavozimini egallaydi. U nima sababdan bosh direktorlikdan ketayotganiga izoh bermagan.
2022-yil oktabrda Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi bitimi rasman yakunlanganini ma’lum qilgandi. Shundan keyin biznesmen avvalgi rahbariyatni — kompaniya bosh va moliyaviy direktorlari Parag Aragval va Ned Sigalni, shuningdek, huquqshunos Vijayu Gaddeni ishdan bo‘shatgan.
Avvalroq biznesmen Twitter'da shaxsiy xabarlarni shifrlashning sinov versiyasi ishga tushirilishi haqida ma’lum qilgandi.