Mask Twitterda shaxsiy xabarlarni shifrlashning sinov versiyasi ishga tushirilganini ma’lum qildi
Ilon Mask Twitterda shaxsiy xabarlarni shifrlashning sinov versiyasi ishga tushirilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
«Xususiy xabarlarni shifrlash sinovi endigina ishga tushirildi. Sinab ko‘ring, lekin hali ishonmang», - deb yozdi Mask payshanba kuni Twitterda.
Mask avvalroq shifrlash shaxsiy ma’lumotlarni hech kim, hatto «boshiga to‘pponcha taqasa ham» ko‘ra olmaydigan qilib yaratish kerakligini ta’kidlagan edi.
The Verge portalining xabar berishicha, Twitter avvalroq platformada xabarlarni shifrlashni ishga tushirishga bir necha bor urinib ko‘rgan, biroq natija bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 27 oktyabr kuni Mask Twitterni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik bitim tuzdi. Ko‘p o‘tmay, u ijtimoiy tarmoqda bir qator o‘zgarishlarni e’lon qildi va amalga oshirdi