DataLife Engine / Star Med klinikasining lisenziyasini bekor qilishni so‘rab SVV sudga murojaat qilindi

Star Med klinikasining lisenziyasini bekor qilishni so‘rab SVV sudga murojaat qilindi

Mittivine yumoristik loyihasi asoschisi Farhod Mannopov vafot etgan xususiy klinika lisenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin. Boisi SSV tomonidan ayni shu masalada sudga da’vo arizasi kiritilgan.

15 may kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur ish yuzasidan sud jarayoni boshlanadi. Ilk sud majlisi soat 10:50 da belgilangan.

Kun.uz manbasining
ma’lum qilishicha, Star Med klinikasi faoliyatini o‘rganish maqsadida SSV tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar yakuniga yetgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan vazirlik mutaxassislari tomonidan hujjatlashtirilib, ish sudga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mittivine yumoristik loyihasi asoschisi, taniqli bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 martga o‘tar kechasi 27 yoshida Star Med klinikasida
vafot etgandi. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan ish ochilgan hamda u operasiya qilingan Star Med klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi.
13-05-2023, 16:15
Вернуться назад