Namangan tumanida ham ana shunday eʼtibor samarasida tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p.
Namangan tumani 1-sektor hududiga qarashli “Beshkapa” mahallasi “Beshkapa-2” ko‘chasida yashovchi Orifjon Boyqo‘ziyev bobo ana shulardan biri. U imtiyozli kredit asosida 4 sotix yerda issiqxona tashkil etib, Ferrari navli bulg‘or qalampiri parvarishlamoqda.

Qishloq xo‘jaligida hikmat ko‘p. Yerga berilgan mehr hech qachon zoye ketmaydi. Mahsulotlarimiz bozorga chiqib, xalq dasturxoniga yetsa nafaqat daromadidan, duolardan ham quvonamiz, - deydi Orifjon bobo.