Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai

Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai
Xalqimiz azaldan dehqonchilikda, bog‘ yaratish ishlarida namuna bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ko‘pchilik o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olayotganlari ham oramizda ko‘plab topiladi. Aytaylik, bu borada Namangan tumanliklarda ham katta tajriba to‘plangan.

Namangan tumanida ham ana shunday eʼtibor samarasida tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p.

Namangan tumani 1-sektor hududiga qarashli “Beshkapa” mahallasi “Beshkapa-2” ko‘chasida yashovchi Orifjon Boyqo‘ziyev bobo ana shulardan biri. U imtiyozli kredit asosida 4 sotix yerda issiqxona tashkil etib, Ferrari navli bulg‘or qalampiri parvarishlamoqda.
Shuningdek, qahramonimiz hovlisi tomorqasiga ikkinchi ekin uchun loviya ekkan.

Qishloq xo‘jaligida hikmat ko‘p. Yerga berilgan mehr hech qachon zoye ketmaydi. Mahsulotlarimiz bozorga chiqib, xalq dasturxoniga yetsa nafaqat daromadidan, duolardan ham quvonamiz, - deydi Orifjon bobo.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив